YORDAM VA YO‘RIQNOMA
Quvonchingizni ulashish
oson bo‘lsin.
Taklifnomangizni o‘zingiz tayyorlang. Har bir o‘zgarishni jonli ko‘rib, tayyor havolani yaqinlaringizga yuboring.
Shablon tanlash4 OSON QADAM
Taklifnomangiz qanday yaratiladi?
Shablondan tayyor havolagacha — hammasi bir joyda.
- 01
Shablonni tanlang
Dizaynning animatsiyali namunasini ko‘ring va yoqqan shabloningizni tanlang.
- 02
Ma’lumotlarni kiriting
Ismlar, to‘y sanasi, vaqti va manzilni yozing. Aloqa, rasmlar va musiqani o‘zingizga moslang.
- 03
Ko‘rib, saqlang
Jonli ko‘rinishda taklifnomani tekshiring. Saqlash uchun hisobingizga kiring.
- 04
Havolani yuboring
Tayyor havolani nusxalang yoki Telegram orqali yaqinlaringizga yuboring.
SIZ SO‘RAGAN SAVOLLAR
Foydalanish bo‘yicha savollar
Qaysi ma’lumotlarni kiritishim kerak?
Kuyov va kelin ismi, to‘y sanasi, vaqti, to‘yxona nomi va manzilini kiriting. Taklif matnini ham o‘zgartirishingiz mumkin. Oila nomi, aloqa va sovg‘a kartasi ixtiyoriy.
Standart rasmlarni qoldirish mumkinmi?
Ha. Galereyada 6 ta standart rasm bor. Har bir rasm yonidagi “O‘zgartirish” tugmasi bilan uni alohida almashtirasiz. Almashtirilmagan rasmlar o‘z holicha qoladi.
Aloqa yoki sovg‘a bo‘limi kerak bo‘lmasa-chi?
Keraksiz bo‘limning tugmasini o‘chiring. Telefon, Telegram va Instagram qatorlarini ham alohida yoqish yoki o‘chirish mumkin.
Musiqa qanday ishlaydi?
Nafis pianino kuyini tanlang, o‘z musiqa faylingizni yuklang yoki YouTube video havolasini kiriting. Mehmon musiqa tugmasini bosganda kuy boshlanadi. YouTube videolarining ayrimlari boshqa saytlarda ijro etilishi cheklangan bo‘lishi mumkin.
Taklifnomani qanday ulashaman?
Ma’lumotlarni tekshirib “Saqlash” tugmasini bosing. Pastda tayyor havola chiqadi. “Nusxalash” yoki “Telegram” tugmasidan foydalaning. Havola orqali mehmonlar to‘y ma’lumotlarini ko‘rib, tilak yozishi mumkin.
Keyin ma’lumotlarni o‘zgartira olamanmi?
Ha. “Mening taklifnomalarim” bo‘limidan taklifnomani topib, “Tahrirlash”ni bosing. O‘zgartirishdan keyin yana saqlang. Taklifnomangizning havolasi o‘sha holicha qoladi.
Tilaklar qayerda ko‘rinadi?
Mehmon taklifnomadagi tilaklar bo‘limida ismi va tilagini yozib yuboradi. Yuborilgan tilak saqlanadi va shu taklifnomada ko‘rinadi. Animatsiyali namuna va jonli ko‘rinishdagi sinov tilaklari esa namunaga tegishli.
Rasm va musiqa fayllari hajmi qancha bo‘lishi mumkin?
Har bir fayl 10 MB gacha. Rasmlar uchun JPG, PNG yoki WebP; musiqa uchun MP3, OGG yoki WAV faylidan foydalaning.
Ilk taklifnomangizni yarating
Avval namunani ko‘ring, keyin o‘z ma’lumotlaringiz bilan to‘ldiring.
Shablonlarni ko‘rish